
- 2
- 18.08.2026 16:22:00
- 1 min read
Andijonda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan Onix haydovchisi qochishga uringan va yo‘l chetidagi do‘konga borib urilgan.
Hodisa 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahridagi Mashrab ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi YPX xodimlarining ishorasiga qaramay, Lomonosov ko‘chasi tomon harakatlangan. Shundan so‘ng u rul boshqaruvini yo‘qotib, do‘konga urilgan.
Tekshiruvda 1999-yilda tug‘ilgan U.M. avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargani va transport vositasiga nisbatan 10 million so‘mdan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Hodisada hech kim jarohatlanmagan, avtomobilga texnik zarar yetgan.