Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi

Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi
  • 3
  • 02.10.2025 07:46:00
  • 1 min read

Afg‘oniston hukumati “axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish” uchun mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ydi. 
NetBlocks monitoring xizmati 29-sentabrdan boshlab internet va mobil aloqa ishlamayotganini tasdiqladi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, ko‘rsatma Tolibon rahbariyatidan kelgan.
Aholi chet eldagi qarindoshlari bilan aloqa qila olmayapti, bir nechta reyslar bekor qilindi. Tolo News, AP va AFP kabi nashrlar ham mamlakatdagi muxbirlari bilan bog‘lanishni yo‘qotgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News