
- 2
- 22.08.2026 14:20:00
- 1 min read
Toshkentda yo‘l talashish ortidan er-xotin va sement tashuvchi maxsus texnika haydovchilari o‘rtasida janjal yuz berdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lni sement tashuvchi texnika to‘sib qo‘ygan. Yo‘ldan o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro haydovchilardan yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan. Shundan so‘ng uning turmush o‘rtog‘i va haydovchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan.
Janjal vaqtida erkak haydovchilardan birini urgan, haydovchi esa ayolni haqorat qilganini tan olgan. Har ikki tomon ham qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar Mirobod tumani sudiga yuborilgan.