Inson miya to‘qimasi sichqon miyasiga ko‘chirildi: olimlar yangi tajriba o‘tkazdi

Inson miya to‘qimasi sichqon miyasiga ko‘chirildi: olimlar yangi tajriba o‘tkazdi
  • 8
  • 18.09.2026 16:18:00
  • 1 min read

Olimlar laboratoriyada o‘stirilgan inson miya to‘qimasini genetik o‘zgartirilgan sichqonlarning miyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Tadqiqotchilar bu usul inson miyasi rivojlanishi va turli kasalliklarni o‘rganishda muhim qadam ekanini aytmoqda.
Tajriba davomida inson miya to‘qimasi sichqon miyasida rivojlanib, uning asab tizimiga ulangan. Unda fikrlash va boshqa murakkab jarayonlarda ishtirok etuvchi neyron tarmoqlari, shuningdek, kamyob inson hujayralari ham hosil bo‘lgan.
Olimlar keyin sichqonlarni kislorod miqdori past muhitga joylashtirgan. Oddiy sichqonlarda sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan, inson miya to‘qimasi ko‘chirilgan sichqonlarda esa harakatlanish va yurish buzilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu usul autizm, epilepsiya, bosh miya falaji va shizofreniya kabi kasalliklarning qanday rivojlanishini tirik organizmda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, tug‘ruq vaqtida kislorod yetishmasligi chaqaloq miyasiga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam berishi mumkin. Tadqiqot natijalari “Nature” jurnalida e’lon qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News