
- 1
- 12.08.2026 12:56:00
- 1 min read
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust –1-sentabr) dam oladi:
🔹 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
🔹 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
🔹 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
🔹 1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni
2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.