
- 0
- 14.10.2025 13:27:00
- 1 min read
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan yangi qarorga ko‘ra, turkiy millatlarga mansub xorijiy fuqarolar endilikda Turkiyada o‘z kasbi va hunarini erkin amalga oshirishi mumkin — xuddi mahalliy turklar kabi. Ushbu qaror “Turkiy tilli chet elliklarning Turkiyada davlat yoki xususiy sektor muassasalarida, tashkilotlarida yoki ish joylarida erkin ishlashi”ga doir qonun asosida yangilandi. Endilikda ish ruxsatnomasini olish uchun quyidagi shartlar talab etiladi: • Turkiyada yashash guvohnomasi mavjud bo‘lishi • Kasbiy faoliyat xavfsizlikka tahdid solmasligi • Chet elda olingan diplom yoki sertifikatlarning ekvivalentligi tasdiqlanishi • Arizachining turkiy etnik guruhga mansubligi.