
- 0
- 13.10.2025 14:57:00
- 1 min read
11-oktabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatidagi Xantington-Bich shahrida vertolyot qulab tushdi. Bortdagi ikki kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan, yana uch nafar piyoda, jumladan, bir bola jarohatlangan. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Guvohlarning aytishicha, vertolyot birdan boshqaruvni yo‘qotib, daraxtlar orasiga qulagan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib bormoqda.