Fransiyada musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun “ro‘mol” aksiyasi boshlandi

Fransiyada musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun “ro‘mol” aksiyasi boshlandi
  • 3
  • 04.09.2026 20:02:00
  • 1 min read

Fransiyada o‘ta o‘ng “Milliy birlashuv” partiyasining jamoat joylarida hijobni taqiqlash taklifiga javoban ijtimoiy tarmoqlarda birdamlik aksiyasi boshlandi.

Hijob o‘ramaydigan ko‘plab fransuz ayollari TikTok, Instagram va X’da boshlariga ro‘mol o‘ragan surat va videolarini ulashmoqda. Ular bu orqali musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirmoqda.

Aksiyaga ayrim erkaklar ham qo‘shilgan. Ular ham boshlarini ro‘mol bilan yopib, videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda.

Aksiya ishtirokchilarining asosiy chaqirig‘i: “Agar bu qonun qabul qilinsa, men ham hijob o‘rayman” degan mazmunda.

O‘ta o‘ng kuchlar 2027-yilgi prezidentlik saylovida hokimiyatga kelsa, jamoat joylarida hijobni taqiqlash masalasini referendumga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News