
- 4
- 03.11.2025 13:29:00
- 1 min read
O‘zbekiston hukumati fuqarolarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, aholi yashash joylari yoki muhim infratuzilmalarga yaqin joylashgan xavf tug‘diruvchi yonilg‘i quyish shoxobchalarini boshqa hududlarga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.
2026-yil 1-aprelgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari shaharsozlik me’yorlariga javob bermaydigan zapravkalarni xavfsiz joylarga ko‘chirish choralarini ko‘radi.
🔹 Ko‘chirish yoki buzish xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi.
🔹 Yangi joylarga infratuzilma bilan ta’minlangan yer maydonlari ajratiladi.
🔹 Agar shoxobcha faoliyat turini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, unga boshqa sohada ishlashga ruxsat beriladi.
Xatlov natijasiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 6 196 ta zapravkada 46 mingdan ortiq kamchilik aniqlangan. Shulardan 464 tasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Endilikda har yili zapravka xodimlarining malaka darajasi tekshiriladi, yuqori bosim ostida ishlovchi uskuna va jihozlar muntazam sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, xavfli holatlarni oldindan aniqlovchi maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi.
Muhokama 11-noyabrgacha davom etadi.