
- 1
- 04.10.2025 11:04:00
- 1 min read
Navoiy viloyatining togʻ bagʻrida joylashgan Sentob qishlogʻi oʻzining goʻzalligi va sokin muhit bilan ajralib turadi. Baland togʻlar etagida joylashgan bu maskan musaffo havo va betakror manzaralari bilan sayyohlarni rom etadi. Shuningde, sizbu yerda qadimiy petrogliflar tushirilgan qoyali daralar, qadimiy qo‘rg‘onlar, sirli g‘orlarni ko‘rishingiz mumkin.
Sentob aholisi mehmondoʻstligi, qadriyatlari va milliy urf-odatlari bilan ajralib turadi. Qishloqda qadimiy hayot tarzi va zamonaviylik uygʻunlashgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar chinakam milliy ruhni his qilishadi.
Siz ham bu manzilga borishni xohlaysizmi?