Qumqo‘rg‘on tumani hokimi: “Hech kim tezak qilmay qo‘ydi”

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi: “Hech kim tezak qilmay qo‘ydi”
  • 0
  • 16.10.2025 15:05:00
  • 1 min read

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov mahalliy kengash sessiyasida odamlar tezak tayyorlamay qo‘ygani haqida gapirdi. “Mutaxassislar bu yil qish sovuq bo‘lishini aytyapti. Shunga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Qor yog‘sa, tezakni taylab qo‘ysa bo‘ladi-ku. Endi hamma gaz kutadi, lekin gazning tagi yo‘q”, — dedi hokim. U aholining 90 foizi bu masalani tushunayotganini, qolgan 10 foiziga esa hali tushuntirish kerakligini aytdi. Tezak — chorva go‘ngidan tayyorlanadigan an’anaviy yoqilg‘i bo‘lib, qishloq joylarda sovuq mavsumda keng qo‘llanadi. buni inglizcha va ruschaga o‘gir

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News