Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab oltin va kumush tangalar chiqarildi

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab oltin va kumush tangalar chiqarildi
  • 2
  • 28.08.2026 18:54:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Markaziy banki Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarni sotuvga chiqardi.

Kolleksiya 3 ta tangadan iborat bo‘lib, ularda Mustaqillik monumenti, Islom sivilizatsiyasi markazi va “35” raqami tasvirlangan. Tangalar O‘zbekistonning tarixiy merosi, davlat ramzlari va zamonaviy taraqqiyotini aks ettiradi.

Tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 ming so‘m. Oltin esdalik tangalarining dastlabki tiraji 450 dona, kumush tangalarning dastlabki tiraji esa 800 dona.

Tangalar 27-avgustdan boshlab 690 ta tijorat banki filialida kolleksiya holida yoki alohida sotilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News