
- 4
- 03.09.2026 13:03:00
- 1 min read
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyning tomiga chiqib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan o‘smir qiz qutqarib qolindi.
Hodisa “Shalola” mahallasidagi Qodirova ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yuz bergan. Vaziyatga zudlik bilan aralashgan mahalla noziri va PPX xodimi o‘smir bilan muloqot o‘rnatib, uni xavfsiz tarzda pastga tushirishgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.