
- 2
- 13.08.2026 18:47:00
- 1 min read
Avvalroq erkak avtobusda qizning son qismidan ushlab, unga shilqimlik qilgani, qiz esa bunga javoban uni urgani va dastlab har ikki tomon ham jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.
Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi ishni qayta ko‘rib chiqib, qizning harakatlarini zaruriy mudofaa deb topdi. Shu sababli unga berilgan jarima bekor qilinib, ish tugatildi.
Shu bilan birga, sud erkakka nisbatan tayinlangan jazoni haddan tashqari yengil deb topib, uning jazosini kuchaytirdi.