G‘azo Isroil hujumidan 70 milliard dollarlik zarar ko‘rdi

G‘azo Isroil hujumidan 70 milliard dollarlik zarar ko‘rdi
  • 0
  • 09.10.2025 12:39:00
  • 1 min read

So‘nggi ikki yil davomida Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 70 milliard dollar miqdorida moddiy zarar yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoning 365 kvadrat kilometr hududining 80 foizidan ortig‘i Isroil tomonidan egallab olingan, infratuzilmaning esa 90 foizi vayron qilingan. Minglab falastinliklar majburiy ravishda o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Hozirda ular atigi 73 kvadrat kilometr maydonda yashamoqda. BMT bu holatni inson huquqlariga zid deb baholagan. Isroilning uzluksiz hujumlari G‘azodagi sog‘liqni saqlash tizimini deyarli butunlay falaj qilgan. 2023-yil 7-oktabrdan buyon 1 701 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 362 nafar tibbiyot xodimi hibsga olingan yoki bedarak yo‘qolgan. Ular orasida 88 shifokor va 132 hamshira bor.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News