Ispaniyada ilk bor oq silovsin suratga olindi

Ispaniyada ilk bor oq silovsin suratga olindi
  • 5
  • 02.11.2025 13:19:00
  • 1 min read

Ispaniyalik havaskor fotograf Anxel Idalgo tarixda birinchi marta oq Pireney (yoki Iberiya) silovsinini suratga oldi. Bu dunyodagi eng kam uchraydigan yovvoyi mushuk turlaridan biridir.
Anxel Idalgo qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodda ishlaydi, ammo bo‘sh vaqtini tabiat suratga olishga bag‘ishlaydi. Bir kuni kameradagi suratlarni ko‘zdan kechirar ekan, u ilgari hech kim ko‘rmagan — oppoq silovsinni ko‘rdi.
Oq silovsin leukizm deb ataluvchi genetik o‘zgarish tufayli oppoq tusga kirgan. Bu holatda hayvonning juni va terisida rang bo‘lmaydi, ammo ko‘zlari albinolarnikidek oq emas.

National Geographic ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Pireney silovsini “yo‘qolib ketish xavfi ostidagi” turdan “zaif” turga o‘tkazilgan — bu Ispaniyaning tabiatni asrashdagi katta yutug‘i hisoblanadi. Hozir Pireney yarim orolida taxminan 2400 ta silovsin yashaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News