
- 3
- 31.08.2026 13:48:00
- 1 min read
Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro AQSHdagi qamoqxonadan olingan ilk suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qildi.
Suratlarda u Nyu Yorkning Bruklin tumanidagi federal qamoqxonada kulrang sport kiyimida, ikki qo‘li bilan “V” ishorasini ko‘rsatib turgani aks etgan. Maduro Venesueladan olib ketilganidan buyon mazkur qamoqxonada saqlanmoqda.
Sobiq prezident suratlarni nabiralari, farzandlari va uni qo‘llab-quvvatlovchi insonlarga “kichik sovg‘a” sifatida yuborganini yozdi. Shuningdek, u o‘zining qat’iyatli ekanini va Venesuela yana yuksalishiga ishonishini bildirdi.
63 yoshli Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores 3-yanvar kuni AQSH kuchlari tomonidan qo‘lga olingandi. Ular AQSHda giyohvand moddalar savdosi hamda qurol bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunda boshlanishi kutilmoqda.