Olmaliqdagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in chiqdi

Olmaliqdagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in chiqdi
  • 3
  • 31.08.2026 13:42:00
  • 1 min read

30-avgust kuni tongda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in haqida soat 05:18 da xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 07:12 da to‘liq o‘chirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News