O‘zbekistonda me’yoridan oshgan shovqin uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda me’yoridan oshgan shovqin uchun jarimalar oshiriladi
  • 0
  • 11.09.2026 16:21:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda shovqin me’yorlarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi. Tegishli qonun 9-sentabr kuni imzolandi.
Unga ko‘ra, maishiy shovqin talablarini buzgan fuqarolarga birinchi holatda 1,32 mln so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 4,4 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha jarima solinadi.
Qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, fuqarolar uchun jarima 2,2 mln so‘mdan 3,08 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 6,6 mln so‘mdan 8,8 mln so‘mgacha bo‘ladi. Belgilangan me’yordan ortiq shovqin chiqaradigan transport vositasini boshqargan haydovchiga 440 ming so‘m jarima solinadi.
Shuningdek, ish kunlari 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gacha me’yoridan ortiq shovqin qilish taqiqlanadi. Qonun 2026-yil 11-dekabrdan kuchga kiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News