
- 3
- 27.08.2026 09:26:00
- 1 min read
O‘zbekistonda davlat bog‘chalarida bolalar uchun ota-onalar to‘lovi o‘rtacha 6,8 foizga oshirildi. Yangi to‘lovlar 1-sentabrdan amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 25-avgustdagi qaroriga ko‘ra, to‘lov miqdori bog‘chaning joylashuvi, bolaning kuniga qancha vaqt qolishi va bir oiladan nechta bola bog‘chaga qatnashiga qarab belgilanadi.
Toshkentda bir bola uchun oylik to‘lov:
4–5 soat — 54 472 so‘m;
9 soat — 290 488 so‘m;
12 soat — 391 952 so‘m;
24 soat — 413 292 so‘m.
Agar bir oiladan bir nechta bola bog‘chaga qatnasa, to‘lov miqdori 36 300 so‘mdan 294 756 so‘mgacha bo‘ladi. Boshqa hududlarda to‘lovlar bog‘cha joylashgan hududga qarab farq qiladi. Masalan, viloyat markazlarida bir bola uchun 50 292–393 008 so‘m, tuman markazlarida esa 40 568–311 828 so‘m etib belgilangan.
Yangi to‘lovlar 1-sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m asosida hisoblanadi. Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oxirgi marta 2025-yil 1-yanvardan oshirilgan.