
- 9
- 26.02.2025 08:33:00
- 1 min read
19-fevral kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 71 yoshli ota oilaviy kelishmovchilik sabab 51 yashar o‘g‘lini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirdi. Erkak o‘g‘lini o‘ldirganidan keyin kelini va nevarasiga ham o‘q uzib, og‘ir jarohat yetkazgan.
O‘g‘lini otib o‘ldirgan ota ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.