
- 2
- 26.08.2026 10:21:00
- 1 min read
Toshkentning Sergeli tumanida 35 yoshli erkak farzandlarini ko‘rish uchun sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borganda kaltaklangan.
Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 9-avgust kuni sodir bo‘lgan. 1991-yilda tug‘ilgan erkak sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan va u yerda oila a’zolari bilan janjallashgan. Shundan so‘ng uni urib, tan jarohati yetkazishgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.