15 yoshli qizini o‘qlov bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan ota

15 yoshli qizini o‘qlov bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘lgan ota
  • 3
  • 03.09.2026 13:10:00
  • 1 min read

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida ota 400 ming so‘mni ruxsatsiz olgan 15 yoshli qizini o‘qlov bilan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Sud erkakka 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 1982-yilda tug‘ilgan Q.J. 2005–2025-yillarda Muborak tumanidagi harbiy qismning tankchilar batalyonida mexanik-haydovchi bo‘lib xizmat qilgan.

Voqea 2025-yil 13-mart kuni sodir bo‘lgan. Erkak qizining 400 ming so‘mni ruxsatsiz olganini bilib, uni o‘qlov bilan bir necha bor urgan. Qiz keyinchalik hushini yo‘qotgan va tez yordam xodimlari yetib kelganida vafot etgani aniqlangan.

Erkak sudda qizini o‘ldirish niyati bo‘lmaganini, uni “tarbiyalamoqchi bo‘lganini” aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudi erkakni qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda aybdor deb topib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

 

Manba: Daryo.uz

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News