Taniqli bokschilar murabbiyiga 150 ming dollarlik “Mersedes” sovg‘a qilishdi

Taniqli bokschilar murabbiyiga 150 ming dollarlik “Mersedes” sovg‘a qilishdi
  • 4
  • 29.09.2025 12:53:00
  • 1 min read

O‘zbekistonning mashhur bokschilari – Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov va Isroil Madrimovlar boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevni “Ustoz va murabbiylar bayrami” bilan tabriklab, unga Mercedes-AMG GLE 53 avtomobilini sovg‘a qilishdi. To‘lqin Qilichev 2022-yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va shundan buyon milliy terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostidagi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2023-yilgi jahon chempionatida hamda, 2024-yilgi jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Parijda o‘tkazilgan 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, tarixiy natijaga erishishdi. Osiyo boks konfederatsiyasi ham To‘lqin Qilichevni 2024-yildagi Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News