
- 5
- 18.09.2026 17:22:00
- 1 min read
Turkiyada giyohvandlikka qarshi o‘tkazilayotgan “Tong” operatsiyasi doirasida mashhur aktyorlar ham qo‘lga olindi.
Ular orasida “Chuqur”, “Ichkarida” va “Muhtasham yuz yil” seriallaridagi rollari va “7-bo‘lmadagi mo‘’jiza” filmi bilan tanilgan Aras Bulut Iynemli, “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Seyran obrazi bilan mashhur Afra Saracho‘g‘lu, shuningdek, Melis Sezen, Melisa Shenolsun, Hazal Filiz Kuchukkose va Nilperi Shahinkaya bor. Afra Saracho‘g‘lu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida xizmat safari sabab xorijda ekanini, eng qisqa muddatda Turkiyaga qaytib, ko‘rsatma berishini ma’lum qildi.
Prokuratura jami 24 kishini qo‘lga olish bo‘yicha order bergan. Hozircha ulardan 18 nafari aniqlanib, qo‘lga olingan. Gumondorlarning uylarida tintuv o‘tkazilib, ular ko‘rsatma berish uchun prokuraturaga, so‘ngra tibbiy tahlil topshirish uchun Sud tibbiyoti markaziga olib borilmoqda.