
- 2
- 07.09.2026 10:34:00
- 1 min read
O‘zbekistonda erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlarini tegishli idoralarga xabar qilmaganlarni jarimaga tortish taklif qilinmoqda. Bunga oid qonun loyihasi 19-sentabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Loyihaga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, FHDY bo‘limlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda diniy idora vakillari erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlaridan xabardor bo‘lsa, bu haqda ichki ishlar organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar berishi kerak bo‘ladi.
Xabar bermagan fuqarolar va xizmatchilarga BHMning 3–5 baravari, mansabdor shaxslarga esa 5–10 baravari miqdorida jarima solish taklif etilmoqda. Agar qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima miqdori fuqarolar va xizmatchilar uchun 5–10 BHM, mansabdor shaxslar uchun esa 10–15 BHMgacha oshirilishi mumkin.