Qobulda ketma-ket portlashlar yuz berdi, “Tolibon” Pokistonni aybladi

Qobulda ketma-ket portlashlar yuz berdi, “Tolibon” Pokistonni aybladi
  • 0
  • 16.10.2025 14:22:00
  • 1 min read

15-oktabr kuni kechqurun Afg‘oniston poytaxti Qobulda ketma-ket ikki portlash sodir bo‘ldi. Arab News’ning xabar berishicha, portlashlar neft tashuvchi yuk mashinasi va generator portlashi natijasida yuzaga kelgan. Hodisa ortidan poytaxtda yong‘in chiqdi, tez yordam mashinalari ko‘chalarda uzluksiz harakatlanmoqda. “Tolibon” xavfsizlik kuchlari esa Qobul markazini o‘rab olgan. Manbalarga ko‘ra, bu portlashlar Pokiston havo kuchlari zarbalari oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash holat Qandahor viloyatida ham qayd etilgan. So‘nggi haftalarda Qobul va chegara hududlarida portlashlar va qurolli to‘qnashuvlar ko‘paygan. “Tolibon” bunga Pokistonni ayblamoqda, biroq Islomobod bu da’volarni rad etib, Qobulni o‘z hududida Pokiston Toliboni jangarilarini yashirishda ayblamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News