Pokistonda portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Pokistonda portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
  • 5
  • 11.11.2025 15:21:00
  • 1 min read

Pokiston poytaxti Islomobod shahrida 11-noyabr kuni sud binosi yaqinida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, portlash sud binosi ro‘parasida to‘xtab turgan avtomobilda sodir bo‘lgan. Voqea joyida bir nechta mashina yonib ketgan, binolarning oynalari sinib, odamlar orasida vahima chiqqan. Huquq-tartibot idoralari portlash sababini aniqlash uchun tergov boshlagan. Hozircha portlash terrorchilik hujumimi yoki texnik nosozlik natijasimi noma’lum. Bir kun avval Hindiston poytaxti Dehlida ham kuchli portlash sodir bo‘lib, dastlab 8 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 12 nafarga yetdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News