Urugvayda evtanaziya qonuniylashtirildi

Urugvayda evtanaziya qonuniylashtirildi
  • 4
  • 18.10.2025 15:00:00
  • 1 min read

Urugvay Senati 15-oktabr kuni og‘ir kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga o‘z hayotini tibbiy yordam bilan tugatishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Endilikda bu amaliyot jinoyat hisoblanmaydi. Qonun faqat aqli raso, tuzalib bo‘lmaydigan kasallikka chalingan va chidab bo‘lmas og‘riqni boshdan kechirayotgan kattalar uchun amal qiladi. Evtanaziya faqat shifokor ishtirokida bajariladi, voyaga yetmaganlarga esa taqiqlanadi. Katolik cherkovi bu qarorga qarshi chiqib, “hayotni himoya qilish”ga chaqirdi. Shu tariqa Urugvay Lotin Amerikasida evtanaziyani qonuniylashtirgan birinchi davlat bo‘ldi. Evtanaziya — bu og‘ir, tuzalib bo‘lmaydigan kasallikka chalingan va chidab bo‘lmas azob chekayotgan bemorning hayotini tibbiy yo‘l bilan tugatish jarayonidir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News