🐘 Fil bolasi uchun elektromobillarni zaryadlash stansiyasidan “o‘ch oldi”

🐘 Fil bolasi uchun elektromobillarni zaryadlash stansiyasidan “o‘ch oldi”
  • 1
  • 10.08.2026 18:50:00
  • 1 min read

Xitoyda fillar to‘dasi elektr avtomobillar zaryadlash stansiyasiga zarar yetkazdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda fil bolasining oyog‘i zaryadlash kabeliga ilinib qolgan. Ona fil bolasining oyog‘ini kabeldan chiqarib, go‘yoki “o‘ch olish” maqsadida zaryadlash qurilmasini ag‘darib tashlagan. Stansiya xodimlari fillar yetkazgan zarar taxminan 20 ming yuanni tashkil etishini ma’lum qilgan. Shuningdek, zaryadlash kabelining izolyatsiya qatlami qalin bo‘lgani sababli fillarni elektr toki urmagan.
Voqea vaqtida yaqin atrofda bo‘lgan odamlar fillardan qo‘rqib, avtomobillariga yashirinib olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News