Shveysariyada diabet bemorlari uchun elektrostimulyatorli paypoqlar ishlab chiqildi

 Shveysariyada diabet bemorlari uchun elektrostimulyatorli paypoqlar ishlab chiqildi
  • 3
  • 01.11.2025 18:59:00
  • 1 min read

Syurixdagi Shveysariya oliy texnika maktabining Mynerva sho‘ba korxonasi Leia nomli innovatsion tibbiy paypoqlarni ishlab chiqdi. Qurilma diabetik neyropatiya bilan og‘rigan bemorlarning oyoq sezgirligini elektr neyrostimulyatsiya orqali tiklashga mo‘ljallangan. Leia paypoqlarida bosim datchiklari, sun’iy intellekt protsessori va elektrodli to‘qimalar mavjud bo‘lib, ular yurish paytidagi signallarni qayta ishlaydi va asab faoliyatini rag‘batlantiradi.
Loyiha AQSHning FDA idorasi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uzoq muddatli klinik sinovlar yaqin oylarda boshlanadi. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotuvga chiqish 2027-yilga rejalashtirilgan.
Leia paypoqlari diabetik neyropatiyadan aziyat chekayotgan millionlab insonlar uchun hayot sifatini yaxshilashi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News