El Nino sabab Markaziy Osiyoda sel va toshqin xavfi oshishi mumkin

El Nino sabab Markaziy Osiyoda sel va toshqin xavfi oshishi mumkin
  • 2
  • 22.08.2026 19:05:00
  • 1 min read

Tinch okeanida rivojlanayotgan El Nino hodisasi kuchayishi kutilmoqda. Buyuk Britaniyaning Met Office meteorologiya xizmati uni so‘nggi 100 yildagi eng kuchli El Nino hodisalaridan biriga aylanishi mumkinligini bildirgan.
Jahon meteorologiya tashkilotiga ko‘ra, El Nino avgust–oktabr oylarida kuchayib, dunyoning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari, boshqa joylarda esa qurg‘oqchilik va yong‘inlar xavfini oshirishi mumkin.
Markaziy Osiyoda esa yog‘ingarchilikning keskin o‘zgarishi daryolar sathi, sel va toshqinlar hamda qishloq xo‘jaligiga ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassislar kuchli El Nino inson faoliyati sabab yuzaga kelayotgan iqlim o‘zgarishi bilan birga 2027-yilni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yilga aylantirishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News