
- 0
- 08.10.2025 14:37:00
- 1 min read
Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘istonning qo‘riqlanadigan Ko‘lsay ko‘lida cho‘milgani uchun unga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi. Ma’lum qilinishicha, Ko‘lsay ko‘llari milliy tabiat bog‘i hududiga kiradi va bu yerda cho‘milish qat’iyan taqiqlangan. Qoidani buzganlar 39 ming tenge (taxminan 870 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bog‘ ma’muriyati esa hududni yetarlicha nazorat qilmagani uchun mas’ul xodimlarga nisbatan chora ko‘rilishini bildirdi.