
- 3
- 31.08.2026 14:22:00
- 1 min read
Vengriyada 24 yoshli mast yigit uchuvchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda Cessna 172 samolyotini o‘g‘irlab, Paks atom elektr stansiyasi tomon uchgan.
Hodisa 29-avgust kuni Kalocha shahridagi aerodromda yuz bergan. Yigit samolyotni havoga ko‘targach, Paks AES yaqinidagi taqiqlangan havo hududiga kirgan. Shundan so‘ng uning ortidan ikki nafar JAS 39 Gripen qiruvchisi havoga ko‘tarilgan. Bir necha daqiqadan so‘ng samolyot Keren qishlog‘i yaqinidagi kungaboqar dalasiga favqulodda qo‘ngan. Yigit jarohatlanmagan.
Eng ajablanarlisi, samolyotdan tushgan yigit yo‘ldan o‘tayotgan haydovchining avtomobilini ham o‘g‘irlashga uringan. Haydovchi uni to‘xtatib, politsiyani chaqirgan. Tekshiruvda yigit mast bo‘lgani aniqlangan. U politsiyaga samolyotni o‘g‘irlab uchganini umuman eslamasligini aytgan. Holat yuzasidan tergov boshlangan.