
- 20
- 16.10.2025 15:27:00
- 1 min read
O‘zbekistonga avtomaktabni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlarga endi yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Bu hukumatning 15-oktabr kuni qabul qilingan qarorida belgilandi. Endilikda o‘quv markazlari haydovchilarni tayyorlash yoki qayta tayyorlashni tugatgan bitiruvchilar haqida ma’lumotni e-avtotalim.uz tizimiga kiritadi. Shundan so‘ng elektron guvohnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu guvohnoma haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida nazariy va amaliy imtihonlarni topshiruvchi markazlarga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Muhimi, elektron guvohnoma uchun hech qanday to‘lov olinmaydi!