
- 3
- 02.09.2026 15:08:00
- 1 min read
Islomobodda yosh ixtirochi tomonidan yaratilgan masofadan boshqariladigan avtomobil namoyish qilinayotgan edi.
Sinov vaqtida avtomobil internet orqali boshqarilayotgan bo‘lgan. Biroq, jurnalist yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib, “Pokistonda iqtidorlar yetarli” deya maqtayotgan vaqtda aloqa uzilib, mashina boshqaruvdan chiqib ketgan va yo‘l chetida turgan politsiya furgoniga borib urilgan. Jurnalist uni qo‘l tormozi bilan to‘xtatishga uringan, ammo ulgurmagan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.