YPX xodimini mashinada sudrab ketgan haydovchi ushlandi

YPX xodimini mashinada sudrab ketgan haydovchi ushlandi
  • 1
  • 18.08.2026 21:08:00
  • 1 min read

Samarqandda Spark haydovchisi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, uni mashinada bir necha metr sudrab ketdi.
Voqea 5-avgust kuni Registon ko‘chasida sodir bo‘lgan. YPX xodimi yo‘l belgisiga amal qilmagan Spark’ni to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarini so‘ragan. Haydovchi esa hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan. Inspektor qo‘l uzatganida esa u avtomobil oynasini yopib, xodimning qo‘lini oynada qoldirgan va mashinani haydab ketgan.
Keyin esa haydovchi voqea joyidan yashirinishga uringan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u va avtomobili aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi qamoqqa olingan. U qilgan ishidan pushaymonligini va qo‘rqqani sabab qochganini bildirgan. Tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News