Toshkentda YPX xodimini “kapot”da sudrab ketgan haydovchi ushlandi

Toshkentda YPX xodimini “kapot”da sudrab ketgan haydovchi ushlandi
  • 0
  • 04.11.2025 11:32:00
  • 1 min read

Toshkentda YPX xodimini “kapot”da sudrab ketdi. Aniqlanishicha, 2-noyabr kuni soat 11:40 da Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Gentra haydovchisi YPX inspektori Otabek Mahmudovning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, avtomobilni uning ustiga haydab, kapotda sudrab ketgan. 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi 144 ta qoidabuzarlik sodir etgani, shundan 38 tasi muddati o‘tgan, 30 tasi esa Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Uning qarzdorligi 18 million so‘mdan oshgan. U qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Bu modda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.
Yigit qilgan ishi uchun pushaymonligini bildirib, ichki ishlar xodimlari va xalqdan uzr so‘radi. Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News