Qozogʻistonda qurigan o‘tlar bo‘yalmoqda

Qozogʻistonda qurigan o‘tlar bo‘yalmoqda
  • 0
  • 31.07.2025 11:05:00
  • 1 min read

Olmaotaliklar Sharqiy aylanma yo‘li bo‘yida qurib qolgan o‘tlarni yorqin yashil rangga bo‘yalayotganiga guvoh bo‘lishdi va holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Medeu tumani hokimiyati bu maxsus bo‘yoq oziq-ovqatga rang beruvchi va organik pigmentlarga asoslangan, odamlar va hayvonlar uchun xavfsiz, sertifikatlangan vositadan tashkil topganligini ma’lum qildi. Bu chora qurg‘oqchil yoz kunlarida gazonning estetik ko‘rinishini vaqtincha saqlash maqsadida amalga oshirilgan. Sababi, muntazam sug‘orish qurg‘oqchilikka bardosh bera olmaydi.

Mazkur usul AQSh, BAA, Ispaniya va Janubiy Koreya kabi issiq iqlimli mamlakatlarda ham keng qo‘llaniladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News