
- 9
- 01.11.2025 19:01:00
- 1 min read
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, poytaxtda markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 3-noyabrdan, turar joylarda esa 5-noyabrdan ishga tushiriladi.
Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 4 oyga 5 barobarga oshirilgan — noyabr–fevral oylarida oyiga 500 kub metrgacha, mart–oktyabrda esa 100 kub metrgacha belgilangan.
Isitish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, 1055 yoki 71 210-01-87 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayishi va kechalari 0-3 darajagacha boʻlishini maʼlum qilgan.