Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchini o‘rindiqqa skotch bilan bog‘lashdi

Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchini o‘rindiqqa skotch bilan bog‘lashdi
  • 2
  • 07.09.2026 10:28:00
  • 1 min read

AQSHda Dallasdan Nyuarkka uchayotgan American Airlines samolyotida yo‘lovchi janjal ko‘tarib, bort kuzatuvchisini haqorat qilgan va boshqa yo‘lovchilarga tashlangan.
Erkak baqirib, yonida o‘tirgan yo‘lovchini urgan va mojaroga aralashgan ayolni itarib yuborgan. Shundan so‘ng bir nechta yo‘lovchi uni ushlab, skotch va plastik bog‘ichlar yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘ygan. Mojaro sabab samolyot Baltimor aeroportiga majburiy qo‘ngan. U yerda erkak politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda yo‘lovchiga nisbatan tekshiruv olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News