Boysun tumanida ko‘mir tarqatish vaqtida tartibsizlik yuz berdi

Boysun tumanida ko‘mir tarqatish vaqtida tartibsizlik yuz berdi
  • 0
  • 11.10.2025 13:39:00
  • 1 min read

8-oktabr kuni Boysun tumanining Boshrabot mahallasidagi ko‘mir omborida aholiga ko‘mir tarqatish jarayonida tartibsizliklar yuzaga keldi. Ba’zi fuqarolar belgilangan navbatga rioya qilmay, navbatsiz ko‘mir olishga uringani sababli vaziyat keskinlashgan. Hodisa ichki ishlar xodimlari aralashuvidan so‘ng bartaraf etilgan. Hokimlik ma’lum qilishicha, bundan buyon ko‘mir aholiga qat’iy grafik asosida va tartibda tarqatiladi. Shu paytgacha Boysunga rejalashtirilgan 3 036 tonna ko‘mirning 1 325 tonnasi yetkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News