15-dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni etib belgilandi

15-dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni etib belgilandi
  • 8
  • 05.11.2025 13:20:00
  • 1 min read

Samarqandda o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida tashkilotga a’zo davlatlar Butunjahon turkiy tillar kunini joriy etish tashabbusini bir ovozdan ma’qulladi.
Tashabbus O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan ilgari surilib, 26 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
15-dekabr sanasi bejiz tanlanmagan — 1893-yilda daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen eng qadimiy yozma manbalardan biri bo‘lgan O‘rxun yozuvlari alifbosini o‘qiganini e’lon qilgan. Bu sana turkiy tillarning qadimiy ildizlari va boy madaniy merosini eslatadi.
Yangi bayram turkiy tillar oilasining madaniy, tarixiy va ilmiy ahamiyatini targ‘ib qilish, shuningdek, ularning insoniyat rivojiga qo‘shgan hissasini keng tanitishdir. Bayram doirasida ko‘rgazmalar, ma’ruzalar, adabiy kechalar va madaniy chiqishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda turkiy tillarda 200 milliondan ortiq inson so‘zlashadi,

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News