Nepaldagi sel falokatida halok bo‘lganlar soni oshdi

Nepaldagi sel falokatida halok bo‘lganlar soni oshdi
  • 2
  • 27.08.2026 12:39:00
  • 1 min read

Nepal va Xitoyning Tibet hududi chegarasida kuchli sel va toshqin yuz berib, kamida 165 kishi halok bo‘ldi. 1 000 dan ortiq odam esa bedarak yo‘qolgan.

Dastlab hodisaga muzlikning yorilishi sabab bo‘lgani taxmin qilingan. AQSH Geologiya xizmati keyinchalik tosh va muzning muzlikdan qulab tushishi kuchli sel oqimini keltirib chiqarganini ma’lum qilgan.

Tabiiy ofat oqibatida qishloqlar, yo‘llar, ko‘priklar va elektr infratuzilmasi zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News