
- 3
- 10.09.2026 13:42:00
- 1 min read
Yangi Gvineyadagi hayvonot bog‘ida timsoh xodimga hujum qildi. Xodim timsohga tovuq berayotgan paytda hayvon uning oyog‘idan tishlab, suvga tortib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari timsohni otib o‘ldirgan va ishchini qutqargan. Og‘ir jarohat olgan erkak shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, vafot etgan. Hayvonot bog‘i vaqtincha yopilgan.