
- 3
- 15.09.2026 17:22:00
- 1 min read
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 1,5 yoshli o‘g‘lini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin sud hukmi bilan qamaldi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, oilaviy sharoiti og‘ir va qarzdor bo‘lgan er-xotin farzandini pul evaziga berishga rozi bo‘lgan. Ular bolani 35 ming dollarga sotishga kelishib, xaridor bilan uchrashgan va pulni olayotgan vaqtda ushlangan.
Ayol sudda bu pulning 25 ming dollariga uy, 10 ming dollariga esa eri uchun avtomobil olishni rejalashtirganini aytgan. Sud qarori bilan erkak 6 yilga, ayol esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularning uch nafar voyaga yetmagan farzandi qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan.