
- 2
- 21.08.2026 19:40:00
- 1 min read
Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Boshqarma boshlig‘i lavozimiga Bekzod Bahromov tayinlangan.
Yangi tayinlovlar poytaxt madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Shukurullo Isroilov 1970-yil 14-yanvarda tug‘ilgan. U musiqa maktabining rubob yo‘nalishi, Toshkent san’at institutining teatr mutaxassisligi hamda Sharqshunoslik institutining xalqaro fakultetini tamomlagan. Isroilov sahnadagi faoliyatini 1982-yilda boshlagan. Shuningdek, kino va teatrda ham faoliyat yuritgan.