
- 2
- 27.08.2026 12:44:00
- 1 min read
2026/2027-o‘quv yilidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida birinchi smena darslari soat 08:00 da boshlanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, yangi tartib ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda transport yuklamasini kamaytirish, shuningdek, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.
Yangi o‘quv yilida 1-bosqich talabalari uchun darslar 7-sentabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentabrdan boshlanadi.