
- 4
- 13.10.2025 13:38:00
- 1 min read
12-oktabr tunda Afg‘oniston va Pokiston chegarasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. “Tolibon” 10-oktabrda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan portlashlar uchun Pokistonni ayblab, “javob bo‘ladi” deb ogohlantirgandi. Oradan ikki kun o‘tib, tomonlar o‘rtasida otishma boshlandi. Pokiston esa hujumlarni “asabiylashtiruvchi va sababsiz” deb atab, javob zarbalari berganini ma’lum qildi. Pokiston radiosiga ko‘ra, to‘qnashuvlar kamida olti joyda sodir bo‘lgan. Natijada 12 pokistonlik harbiy halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokiston yana mamlakat havo hududini buzsa, “qat’iy javob beriladi”, deya ogohlantirdi.