
- 7
- 20.12.2022 09:59:00
- 1 min read
Samarqanddan 40 km masofada Urgut nomli qadimiy shahar joylashgan. Urgut shahrining yodgorliklaridan biri Chor Chinor bog‘idir. Chor Chinor maydonida hovuz bo‘lib, uning atrofida sayyohlar, mahalliy aholi yig‘ilib, hordiq chiqarishadi, buloq chashmasi suvidan bahramand bo‘lishadi.
Eng qadimiy chinorlar uzunligi 16 metr balandlikkacha yetadi, “eng yosh” daraxt esa taxminan 600 yoshda. Deyarli har bir daraxtda taxminiy yoshi yozilgan peshtaxtachalar osilgan. Eng qari daraxt yoshi 1000 dan oshiq.